«metan zapravka» tegli maqolalar


Bugundan barcha “metan zapravka”lar ochiladi — Energetika vazirligi
7 mart 2024, 10:21

Bugundan barcha “metan zapravka”lar ochiladi — Energetika vazirligi

Bugun, 7-martdan mamlakatdagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ochiladi. Energetika vazirligi tabiiy gaz bosimining me’yoriy sxemaga qaytganini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatidagi metan “zapravka”da navbat talashish oqibatida janjal yuzaga keldi (+video)
27 fevral 2024, 23:33

Toshkent viloyatidagi metan “zapravka”da navbat talashish oqibatida janjal yuzaga keldi (+video)

Yuqori Chirchiq tumanidagi AGTKSHda navbat talashish ortidan janjal kelib chiqdi. IIBB hodisa oqibatida o‘lim ro‘y berganini rad etib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Metan “zapravka”lar ishiga kiritilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda
22 fevral 2024, 12:28

Metan “zapravka”lar ishiga kiritilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda

Energetika vazirligi metan “zapravka”lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar 22-fevraldan mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olib tashlanayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyatiga cheklov kiritildi
8 dekabr 2023, 16:20

O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyatiga cheklov kiritildi

Energetika vazirligi “aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida” O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyati soat 6:00 dan 15:00 gacha olib borilishini ma’lum qildi.

Surxondaryodagi “zapravka”da “Jiguli” portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
23 oktabr 2023, 11:56

Surxondaryodagi “zapravka”da “Jiguli” portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Denov tumanidagi gaz quyish shoxobchasida “VAZ-2106” avtomashinasining gaz balloni portladi. Oqibatda yonilg‘i quyish shoxobchasi xodimi va bir haydovchi halok bo‘ldi.

Energetika vazirligi “zapravka”lar uchun kunlik gaz limiti belgilanganiga munosabat bildirdi
3 sentabr 2023, 15:14

Energetika vazirligi “zapravka”lar uchun kunlik gaz limiti belgilanganiga munosabat bildirdi

Tarmoqlarda “zapravka”lar uchun kunlik gaz limiti kiritilayotgani haqida xabar tarqaldi. Energetika vazirligi shartnomalarda “soatlik, kunlik, oylik va yillik” hajm belgilanishi mumkinligi ko‘rsatilganini bildirdi. Iste’molchilar qo‘shimcha gaz so‘rab murojaat qilishi mumkin, deydi vazirlik.

Metan «zapravka»lar bosqichma-bosqich ishga tushishni boshladi
30 yanvar 2023, 20:45

Metan «zapravka»lar bosqichma-bosqich ishga tushishni boshladi

O‘zbekistonda 30 yanvardan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati qayta tiklanishni boshladi. Gaz bosimi me’yoriga kelishiga qarab taxminan 2−3 kunda barcha metan «zapravka»lar odatdagi rejimda faoliyat yuritishni boshlaydi.

Andijonda fuqarolarni pul evaziga «zapravka»ga navbatsiz kiritgan shaxslar qamaldi
14 dekabr 2022, 16:00

Andijonda fuqarolarni pul evaziga «zapravka»ga navbatsiz kiritgan shaxslar qamaldi

Tarmoqlarda Andijon viloyatida pul evaziga mijozlar gaz quyish shoxobchasiga navbatsiz kiritilayotgani aytilgan video tarqaldi. Viloyat IIB holat Oltinko‘l tumanida sodir bo‘lgani va 2 nafar shaxs 15 sutkaga qamalganini ma’lum qildi.

Gaz quyish shoxobchalaridagi cheklovlar metan narxining oshishiga sabab bo‘la olmaydi — Antimonopoliya qo‘mitasi
2 dekabr 2022, 16:08

Gaz quyish shoxobchalaridagi cheklovlar metan narxining oshishiga sabab bo‘la olmaydi — Antimonopoliya qo‘mitasi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi metan gaz narxlari nazoratga olinganini ma’lum qildi. Qo‘mita narxlarini sun’iy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda mansabdor shaxslarga belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishini eslatib o‘tdi.

Sirdaryoda avtobus gaz balloni portlashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
18 avgust 2022, 16:39

Sirdaryoda avtobus gaz balloni portlashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Sirdaryoning Oqoltin tumanida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi avtomaktabga tegishli «Isuzu» avtobusining gaz balloni portladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 kishi voqea joyida vafot etgan va 15 kishi jarohatlangan.

Farg‘ona vodiysidagi metan zapravkalar vaqtincha faoliyatini to‘xtatadi
15 fevral 2022, 11:22

Farg‘ona vodiysidagi metan zapravkalar vaqtincha faoliyatini to‘xtatadi

Farg‘ona vodiysida metan zapravkalar 15 fevral soat 13:00 dan 16 fevral 06:00 ga qadar o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi. «O‘ztransgaz» kompaniyasi bundan maqsad sovuq ob-havo sharoitida aholi, iste’molchilar va ijtimoiy soha obyektlari, strategik ahamiyatga ega korxonalarni barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash ekanligini ta’kidlagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting